Muhojirlarning bolalariga yordam

Peterburg bolalari

Muhojirning oilalari va ularning farzandlarining rus jamiyatiga integratsiya bo’lishlariga ko’maklashish

Занятия

Sankt-Peterburgda 2012- yildan buyon muhojirlar va qochqinlarning bolalariga yordam ko’rsatilmoqda. Bizning vazifamiz – har bir bola jamiyatga qo’shilib ketishiga, maktabda ta’lim olishiga va yuksalishi uchun imkoniyatlarga ega bo’lishiga yordam berish.

Biz o’tadigan darslar, tadbirlar har qanday millat vakil bolalari uchun bepul va ular uchun eshigimiz har doim ochiq. Bizda bolalar nafaqat bilim olishlari mumkin, balki ular har tomonlama o’zlarini ifoda eta olishlari uchun xavfsiz muhid yaratishga intilamiz.

Ish yo’nalishimiz:shaharning har hil tumanlaridagi kutubhonalarida rus tili fanidan darslar berish, madaniyat va dam olish faoliyati, yoshlar markazi, shahar lagerlari, maktabda o’qish vaqtida ko’maklashish, muhojirlik masalalari bo’yicha maslahat berish, oilaviy tadbirlar, muhojirlik tajribasi bo’lgan ayollar tomonidan ayollar uchun “Gul” gazetasini chop etish.

BOLALAR XAQIDA

Avvaliga 13 yoshli Tahmina yozgi shahar lageri guruhiga qo’shilishni hohlamadi, lekin tez orada u qaytib keldi va tengdoshlari bilan muloqot qila boshladi. Tojikistonda 7-sinfni tamomlagan bo’lsa ham bu erda 7-sinfni nafaqat rus tilini bilmaganligi uchun, balki dasturlarda ham farq borligi sababli qaytadan o’qiyabdi. Tahmina o’zining kichik ukasiga ham qarashib turishi kerak edi. Xullas ishi boshidan oshiq edi, ammo Tahmina bush kelmas va bir vaqtning o’zida ikkita kutubxonaga borardi!

История Тахмины

Mahliyo birinchi darsga kelganida, u yarim yil davomida maktabga bormagan. Biroq Mahliyo daftar olib kelib “kitob” va “soatni ta’mirlash” degan so’zlarni eshitib yozib oldi va o’zbek tiliga tarjima kildi. 8 yoshli qiz uchun juda keng qamrovli lug’at edi. U tog’asi yoki holasi bilan yashar va ayasini juda – juda sog’inardi. Yarim yildan keyin tezkor darslardan so’ng Mahliyo 2-sinfga o’tdi, juda g’ayratli va muvaffaqiyatli o’quvchi bo’ldi. Uning onasi Sankt-Peterburgga ko’chib keldi.

История Махлиё

Nursultonning oilasi Sankt-Peterburgga ko’chib kelishdi. Dastlab Nursulton yangi maktabda, yangi mamlakatda uzini noqulay his etdi. Ammo kunlarning birida Upsala tsirkida yozgi “Sankt-Peterburg bolalari” shahar lageri tufayli tsirk faoliyati bilan qiziqib qoldi, va hozirda aktyorlik bolishni orzu qilayabdi. Maktab darslaridan bir yil o’tib, Nursulton Upsala tsirkida mashg’ulot olib boryapdi. U allaqachon sahna ko’rinishida ijro etadi! Va, albatta, kichik ukasi bilan birgalikda Sankt-Peterburg bolalarining quvnoq shahar lagerlarida qatnashadi.

История Тахмины

BIZGA QO’SHILING

Bizga doim ihtiyorchi ishchilar kerak buladi . Turli vazifalar mavjud: rus tili va boshqa fanlardan dars berish, tadbirlarni tashkil etish, axborot tarqatish va boshqalar.

Men ihtiyorchi bo’lishni xohlayman!

BIZNI QO’LLAB QUVVATLANG

Biz yanada ko’proq bolalarga yordam bera olishimiz uchun, biz sizning yordamingizga muhtojmiz.

Qo’llab quvvatlash

HAMKORLAR