Aziz ota-onalar!

Begona yurtga yaqinda kelgan bola uchun ko’nikish qanchalik og’irligi hammamizga ma’lum. Uz yurtingizda sizning bolangiz a’lochi bo’lishi mumkin. Rus tilini mukammal bilmsaligi va dasturlarda farq borligi sababli Rossiya mamlakatida o’zlashtirishi pastlab ketishi mumkin. Uning ustiga yetmagandek barcha do’stlari uz yurtida qolishdi! Yangi sinfdoshlar bilan o’toqlashish qiyin kechishi mumkin. Ayniqsa, o’smirlar uchun.

Biz sizga quyidagilarni taklif qilamiz:

Bolani maktabga qanday qilib berish mumkin?

Algoritm

  • Barcha hujjatlarni to’plang (quyidagi ro’yxat buyicha)

  • Tumaningizning ta’lim bo’limiga (ular RONO deb nomlanadi) tashrif buyurishingiz kerak. Kelishdan oldin veb-saytdagi qabul qilish vaqtlarini tekshiring yoki qo’ng’iroq qiling, aks holda vaqtingizni zoe ketkizib qo’yishingiz mumkin.

  • Ta’lim bo’limi qaysi maktablarda bush o’rin borligini sizga ma’lum qiladi. Qonun bo’yicha, ta’lim bo’limi siz yashayotgan tumaningizdagi hech bulmaganda bitta maktabni tavsiya qilishi kerak. Har doim ham bu sizning uyingizga eng yaqin maktab bo’lolmasligi mumkin. Ba’zan maktab tumanning boshqa qismida joylashgan bo’lishi mumkin. Bu qonuniy, ammo har qanday holatda ham siz boshqa variantlar mavjudligini so’rashingiz mumkin.

  • Ta’lim bo’limi taklif qilgan maktabga boring. Uzingiz bilan barcha hujjatlarni (quyida ko’rsatilgan) olishingiz kerak.

  • Agar sizda barcha kerakli hujjatlar mavjud bo’lsayu, lekin ta’lim bo’limi tavsiya qilgan maktab sizning farzandingizni qabul qilishdan bosh tortsa, qo’ng’iroq qiling yoki yana ta’lim bo’limiga borib, vaziyat haqida gapiring. Qonun siz tomonda. Ta’lim bo’limi maktabga murojaat qiladi yoki sizga boshqa maktabni tavsiya qiladi.

  • Agar ta’lim boshqarmasi o’rin yuq deb yoki boshqa bir sabablarga ko’ra bolangizni tumaningizdagi birorta ham maktabga olishmasa, u holda ta’lim bo’yicha qo’mitaga – 576-20-19 ga yoki Sankt-Peterburg bolalariga ya’ni bizga murojaat qiling.
school-children

Maktab uchun zarur bo’lgan hujjatlar:

  1. Bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasi

  2. Bolaning va ota-onalardan birining pasporti

  3. Bolaning va ota-onalardan birining muhojirlik kartas

  4. Bolaning va ota-onalardan birining ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi hujjat (migratsiya qaydnomasi)*

  1. Avvalgi maktabidan hisoboti (malaka sertifikati)

  2. 026-sonli tibbiy ma’lumotnoma, emlash sertifikati (buning uchun maxsus klinikada tibbiy ko’rikdan o’tishingiz mumkin).

  3. *Bolaning ro’yxatnomasi uning maktabga boradigan joyida bo’lishi kerak. Aks holda, ro’yxatdan ko’rsatilgan manzil buyicha junatishi mumkin.

    Barcha hujjatlar rus tiliga tarjima qilinishi va notarial tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak (bu notarial tasdiqlangan tarjimonlik agentligida amalga oshirilishi mumkin).
school-children

Bolani maktabga qanday qilib joylash mumkinligi haqida savolingiz bormi? Sizga maktabda hech qanday joy yo’q deb yoki boshqa sabablarga ko’ra rad etishdimi? Bizga qo’ng’iroq qiling va biz sizga yordam beramiz.


Turli muammolar bilan duch kelgan ota-onalar bizga murojaat qilishadi va deyarli har doim hal qilish imkoni bor, oxir-oqibatda bolalar maktabga boradilar. Rossiyada barcha bolalar, fuqarolikdan qat’i nazar, maktab ta’limini bepul olish huquqiga ega. Eng muhimi – sizning farzandingiz qimmatbaho o’qish kunlarini o’tkazib yubormasliklari uchun darhol biz bilan bog’laning.


Quyidagi hollarda bizni 8911-720-19-89 raqamlariga qo’ng’iroq qiling:

  1. Sizda tibbiy yoki ijtimoiy yordamga, atrof-muhitdagi bolalar uchun qo’shimcha darslarga, immigratsiya masalalari, mehnat qonunlari haqida va boshqa savollar tug’ilganda

  2. Siz zo’ravonlik (jumladan, oilada) yoki boshqa bir qiyin vaziyatda qolganingizda.